Konstitutsiyaga o‘zgartirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan 27 iyun kuni Transport vazirligining hududiy bo‘linmalari va idoraviy tashkilotlari qatorida“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari “Konstitutsion islohotlar” mavzusida videokonferensaloqa orqali muhokama-munosabat tadbirida qatnashdilar.
Tadbir davomida Oliy Majlis vakili nutq so‘zladi. Ochiq huquqiy demokratik davlat barpo etayotganimizni inobatga olib, Konstitutsiyamizni ayrim jihatlariga o‘zgartirish kiritishligi muhimligi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining takliflari bilan shug‘ullanuvchi 100 kishidan iborat maxsus ekspert komissiyasi tuzilganligi va ayni damda 60000 ga yaqin kelib tushgan takliflar bilan ishlayotganligi bayon etildi.
Tabdir oxirida davlat organlariga Bosh qomusimiz Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish jarayonida faol ishtirok etish tavsiyasi berildi.