IKAO ishtirokida DAQ xalqaro Forumi
2021 yil 24 noyabrda “Fuqaro aviatsiyasining tibbiy-sanitar ta’minlanishining masalalari, o‘zaro hamkorlikdagi saboqlari va xulosalari” mavzusi asosida Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining (DAQ) IKAO ishtirokida konferensiyasi va aviatibbiyoti koordinatsion – konsultativ kengashning (AKKK) 40-kengashi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasining “O‘zaviatsiya” agentligi, “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroporti” MCHJ MSQ TUEK, AJ “Uzbekistan Airways”, “Uzaeronavigatsiya” markazi, AJ “UZ AERO TECH GROUP” uchish otryadlari shifokorlari, fuqaro aviatsiyasi ob’ektlarining MSEB vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiyaning asosiy maqsadi mutaxassislarning birgalikda uyushgan haraktini kuchaytirish, ishtirokchi davlatlar Bitimining nazorat va qonun chiqaruvchi organlarining jamiyat sog‘liqni saqlash koridorini (iPack) tashkil etish bo‘yicha umumiy strategiyani ishlab chiqish, COVID 19 pandemiyasi davrida aviatsiya parvozlarini tiklash va tibbiy ta’minlash bo‘lib, bunda kelajakda havo transporti sohasida parvozlarni tibbiy ta’minlash masalalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forum gibrid formatda o‘tkazildi, unda Rossiya Federatsiyasining tegishli ilmiy tekshirish institutlarining va Markaziy tibbiy ekspert komissiyasining mutaxassislari o‘zlarining qiziqarli ilmiy dokladlari bilan ishtirok etdilar.
Forum qatnashchilari o‘zaro to‘plangan tajribalari bilan almashdilar va aviatsiya sohasida parvozlarni tibbiy ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha yangi g‘oyalarni taklif etdilar. Forum yakunida, aviatsiya ma’muriyati, jamiyatning sog‘liqni saqlash organlari va boshqa hamdo‘stlik mamlakatlarining tegishli organlariga yetkazish uchun yig‘ilgan masalalar yechimi bo‘yicha tadbirlar va tashabbuslar paketi tuzildi.