Hududlarda parvozlar xavsizligini holatini o‘rganish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘ini ijrosini taʼminlash, hamda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi parvozlar xavfsizligi amaldagi holatini o‘rganish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov tomonidan Namangan xalqaro aeroportining holati joyga chiqgan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aerodmning uchish-qo‘nish yo‘lagi, xakatlanish yo‘laklari, parvozlarning elektr yoritish texnik taʼminoti, havo xarakatini boshqarish tizimlari, hamda aviatsiya xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha parvozlar xavfsizligini taʼminlovchi bo‘linma xodimlari ishtirokida aniqlangan kamchiliklar muhokama yig‘ilishi (brifing) o‘tkazildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilandi.