Qadrli Vatandoshlar!
“O‘zaviatsiya” agentligi nomidan Sizni 9 may—«Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga baxt-saodat, farovon turmush va mustaxkam sog‘lik tilab qolaman!
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizda.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz yurtdoshlar!