O‘zbekiston va ICAO munosabatlari yangi bosqichga o‘tmoqda
ICAO standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga tadbiq etishda xamroklikni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish maqsadida ICAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori Nikolas Rallo va ICAOning Bosh qarorgohi Aeronavigatsiya byurosi boshlig‘i Marko Merensning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi joriy yilning 30 yanvar 2 fevral kunlari amalga oshirildi.
30 yanvar kuni ICAO vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Maxkamov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va ICAO munosabatlarini keyingi bosqichga o‘tkazish uchun rasman asos yaratish hamda texnik yordam ko‘rsatish uchun dastur ishlab chiqish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida kelishuv” imzolandi.
Kelishuv asosida parvozlar havfsizligi nazorati, xavfsizlikni boshqarish tizimi, faqaro aviatsiyasi tashkilotlari operatsion faoliyati, aviatsiya xodisalari va indidentlarni tekshirish kabi yo‘nalishlarni yana-da rivojlantirishga qaratililan loyihalar amalga oshiriladi.