“Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir”

Joriy yilning 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida  “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov raisligida “Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi  Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh mutaxassisi Q. Niyozxudjaev va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi N. Komilov va “O‘zaviatsiya” agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh  mutaxassisi O. Po‘latov Yangi O‘zbekistonda  korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdilar.

Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.