Oʼzbekiston va IKАO oʼrtasida Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha 2024-2026 yillar uchun moʼljallangan davlat strategik harakatlar rejasi imzolandi
“Oʼzaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 2024 yil 18 iyun kuni Parij shahrida boʼlib oʼtgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha 2024-2026 yillar uchun moʼljallangan davlat strategik harakatlar rejasinining amalga oshirilishi boʼyicha Kengashning birinchi yigʼilishida ishtirok etdi
Yigʼilish doirasida IKАO va “Oʼzaviatsiya” agenligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha 2024-2026 yillar uchun moʼljallangan davlat strategik harakatlar Rejasi imzolandi.
Rejaning amalga oshirilishi Frantsiya aviatsiya maʼmuriyati (DGCA), Frantsiyaning aviatsiya xodisalarini tekshirish va parvozlar xavfsizligini tahlil qilish Byurosi (BEA), АQSh aviatsiya maʼmuriyati (FAA), АQShning transportda xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha milliy kengashi (NTSB) hamda ACI/ACI-EUROPE, IATA, Airbus, Boeing va Jahon Banki kabi xamkorlar bilan xamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.
Taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston Respublikasi IKAOga aʼzo davlatlar ichida COSPA dasturidan foydalanayotgan birinchi davlat hisoblanadi.