Aziz yurtdoshlar!

   Sizlarni va yaqinlaringizni ushbu muhim sana arafasida, "O‘zaviasiya" agentligi nomidan eng buyuk va eng aziz bayramimiz–O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etaman.


   Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlarimizda zafar yor bo‘lsin!

   Hurmat bilan T.Nazarov