Auditga tayyorgarlik
«O‘zaviasiya» agentligida Ozarbayjon Respublikasidan kelgan ekspert guruhi o‘z ishini boshladi.
Tashrifdan maqsad 2023 yil 17-29 may kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan auditga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘maklashishdir.
Ozarbayjon Respublikasi tomonidan IKAO auditini tayyorlash va muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha katta tajribani inobatga olgan holda, ushbu mutaxassislar ANS, AGA sohalariga jalb qilinadi.