Qatar va O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-iyun kuni Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasi va Qatar davlati aviatsiya ma’muriyati rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.