11-noyabr O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni!!!
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli qonuniga muvofiq, 11-noyabr O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining rasmiy kuni sifatida belgilandi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 5,5 million a’zoni o‘z ichiga olgan 14 tarmoq kasaba uyushmasi tarkibida 32,5 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotni, jumladan, 2,5 million nafar xotin-qiz va 2 million nafardan ortiq 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni birlashtirgan.
Bugun “O‘zaviatsiya” agentligida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kuni munosabati bilan agentlik kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirish va mustahkamlash, uning tashkiliy birligi, hamjihatligi va adolatliligini taʼminlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining taʼsiri va rolini kuchaytirish borasidagi xizmatlari uchun tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Kasaba uyushmasi, xodimlarning ijtimoiy mehnat huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish hamda kasaba uyushmasi xodimi kunini nishonlash munosabati bilan kasaba uyushmasi faollari, kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolari, Revkomissiya va tashkilot maʼmuriyat rahbarlari O‘zaviatsiya Agentligining bir qator xodimlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.