Faoliyati uchun yagona telefon raqami

Davavianazratning rasmiy saytiga kiruvchilar

“Faoliyati uchun yagona telefon raqami” bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘lanish mumkin. Ish vaqti – har kuni shanba va yakshanbadan tashqari 9-00dan 18-00gacha (tushlik vaqti 12-30dan 13-30gacha). Quyidagi telefon raqamlari bo‘yicha faoliyati ma’lumot olish mumkin:

Shahar kodi Telefon raqami Ish vaqti Dam olish kuni
99878 120-00-57 9-00 dan 18-00 gacha
tushlik vaqti 12-30 dan 13-30 gacha
Shanba
Yakshanba

O‘zbekiston respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Yagona telefoniga keladigan murojaatlarni ko‘rib chiqish ish tartibi

O‘zbekiston respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Yagona telefoniga keladigan murojaatlarni ko‘rib chiqish mazkur ish tartibi Yagona telefon tarmog‘i orqali tushgan murojaatlarni qabuli, qayd etilishi va ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi.

I.Umumiy qoidalar.

1.1. Yagona telefon inspeksiyaning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ularning murojaatlari bo‘yicha bevosita aloqada bo‘lish vositasidir.

1.2.Ushbu ish tartibida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Yagona telefon – Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan inspeksiyaning faoliyati bo‘yicha telefon orqali murojaatlarini qabul qiluvchi texnik vosita.
Yagona telefonni texnik ta’minoti – Yagona telefonni o‘rnatish va ish holatida saqlash.
Javobgar shaxs – Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan Davavianazorat tomonidan tayinlangan vakolatli mansabdor shaxs;
jismoniy va yuridik shaxs – Yagona telefonga murojaat etgan shaxs.

II. Yagona telefon tarmog‘ini ishlashini ta’minlash uchun javobgar shaxs

2.1. Yagona telefon xizmati bo‘yicha umumiy rahbarlikni boщqarma boshlig‘i amalga oshiradi. Unga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Yagona telefon xizmatini tashkillashtirish va tizimlashtirish;
Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlilini olib borish;
tahlil natijalari va unga asosan shakllantirilgan xulosalarni inspeksiya boshlig‘iga taqdim etish;
Javobgar shaxs ishini hamda Yagona telefon orqali kelib tushgan murojaatlarni hal etish holati bo‘yicha nazorat va monitoring ishlarini olib borish.

2.2. Yagona telefon orqali tushgan murojaatni bevosita qabul qilish, qayd etish hamda hujjatlashtirishni ta’minlash ishlarini javobgar shaxs amalga oshiradi.

2.3. Yagona telefonning ishlashi kunning ish vaqtida ta’minlanadi.

2.4. Yagona telefon ishiga mas’ul shaxs tayinlanishi.
Yagona telefon orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;
Yagona telefon orqali olingan murojaatlar, so‘rovlar matnini inspeksiya boshlig‘iga taqdim etilishini;
yozib olingan axborotni saklanishini ta’minlaydi.

2.5. Yagona telefon xizmati bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi mas’ul shaxs Yagona telefonni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta’minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo‘yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).

2.6. Yagona telefon raqami inspeksiyaning rasmiy veb-saytiga (uzcaa.uz).

III. Yagona telefon orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish.

3.1. Yagona telefonga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99878) 1200057, 1200060 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish javobgar shaxs tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

3.2.Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida javobgar shaxs hamda jismoniy va yuridik shaxs o‘rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi.

3.3. Yagona telefon tizimida chaqiriq signali kelganda javobgar shaxs abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga inspeksiyaga murojaat qilish, shuningdek, Yagona telefon bo‘yicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi.

3.4. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilingandan keyin, javobgar shaxs murojaat qiluvchiga o‘zini tanishtiradi. So‘ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. Yagona telefon orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so‘rovlari va javobgar shaxsning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo‘ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa, javobgar shaxs murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so‘rovnoma o‘tkazadi.

3.5. Erkin suhbat davomida javobgar shaxs murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so‘zida mumkin bo‘lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qayerdan ulanganligini ham aniqlanadi – chet eldanmi yoki O‘zbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan javobgar shaxs murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog‘laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so‘raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali inspeksiyaning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

3.6. Javobgar shaxs tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefoniga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya’ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so‘ng, usha kundan kechiktirmasdan inspeksiya boshlig‘iga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)

3.7. Javobgar shaxs har kuni 18-00 holatiga Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarning yagona ma’lumotini tayyorlaydi.

3.8. Ma’lumotda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarni soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. (1-ilova)

3.9. Murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma’lumot keyingi kun soat 10-00 gacha inspeksiya boshlig‘i qabulxonasiga taqdim etiladi.

3.10. Bo‘lim boshlig‘i har chorakda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni inspeksiya boshlig‘iga taqdim etadi.

IV. Javobgarlik

4.1. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, ushbu Ish tartibi bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

  Ko`chirib olish 0.35 Мб

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11.03.2020 10:54:21

Chop etiladigan nusxasi