"Mangu olov"

9 may kuni “O‘zaviatsiya” agentligi vakillari "Uzbekistan Airways" AJ va tarkibiy korxonalari xodimlari ishtirokida
"Toshkent" xalqaro aeroporti hududida
9 may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Ikkinchi Jahon urush qatnashchilari, sohada faoliyat ko‘rsatgan nuroniylar, va soha faxriylariga bir qatorda katta e‘tibor va hurmat-ehtirom ko'rsatildi.

Ikkinchi Jahon urushida qurbon bo`lganlar xotirasini yodga olib "Mangu olov" majmuasi poyiga gulchambarlar qoʻyildi.