Dronlar - UUA

O’zbekiston Respublikasi xavo bo’shlig’ida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va ularni O’zbekiston Respublikasining xududiga olib kirish faqat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 26.11.2014y. 322-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining aloxida qarori bilan ruxsat beriladi.

Bunday ruxsatni faqat yuridik shaxs faqat idoraviy vazifalarini bajarish uchun olishi mumkin. Ko’rsatilgan xizmatga xaq undirish yoki undirmaslik tashkilotlar tomonidan, jumladan jismoniy shaxslar tomonidan man etiladi.

O’zbekiston Respublikasi xukumatidan bunday ruxsatni olmoqchi bo’lgan tashkilot, radioelektron qurilmadan foydalanishga vakolatli organning belgilangan tartibda ruxsatini olishi kerak.

Yuqorida aytib o’tilgan ruxsat olingandan keyin, buyurtmachi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 31 avgust 287-son “O’zbekiston Respublikasi davlat va fuqaro aviasiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizom”ga asosan foydalanish va ro’yxatdan o’tkazish uchun Davavianazoratga ariza beradi.

Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga va ro’yxatdan o’tkazish uchun ruxsat olgandan keyin buyurtmachi O’zbekiston Respublikasi Xavo xududidan foydalanish uchun Xavo xududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimidan ruxsat bo’lgandagina Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni boshlaydi. O’zbekiston Respublikasi xavo mintaqasidan foydalanishga ruxsat olish tartibi :
“O’zbekiston Respublikasi davlat va fuqaro aviasiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizom”ning 7-ilovasiga asosan amalga oshiriladi.
ushbu talablar xavo kemalarining aviamodellari xamda o’yinchoq modellariga tegishli emas.

Xavo kemasining o’yinchoq modellaridan xavo xududidan foydalanishga yuqorida ko’rsatilgan shartlarsiz xam ruxsat beriladi. O’yinchoq modellarning parvoz balandligi 50 metrdan oshmasligi, aerodrom xavo yo’lagidan 150 metr uzoqlikda, odamlardan xavfsiz masofada bo’lishi xamda uchish moslamasi bilan vizual aloqani doimo saqlab turishi lozim.

Xavo kemalari modellari (aviamodellari)ning parvozi o’quv, sport, madaniy-marifiy tadbirlar, texnik ijodiyotni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi xavo xududidan foydalanish to’g’risidagi nizomga muvofiq xavo kemalari parvozining faqat maxsus zonalarida bajariladi.

Ushbu faoliyat xaqidagi batafsil ma’lumotni Uchuvchisiz uchish apparatlarini ro'yxatga olish va foydalanishini nazorat qilish bo'limi bolshlig'idan olishingiz mumkin. Xusanov Murat Abrorovich, aloqa telefon raqami: +99-878 120-00-78; e-mail: m.xusanov@uzcaa.uz

Hozirgi paytda Vazirlar Mahkamasining fuqarolik aviatsiyasidagi alohida qarorlar bilan quyidagi tashkilotlar ruxsat olishadi:

Tashkilot nomi Vazirlar maxkamasining xujjatlari Ko`chirib olish
1 DUK «O’ZGASHKLITI» O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 may 2016 yildagi 150-sonli qarori  Ko`chirib olish 0.67 Мб
2 O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 may 2016 yildagi 150-sonli qarori  Ko`chirib olish 0.67 Мб
3 O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish BOSH BOSHQARMASI O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 mart 2017 yildagi 252-sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.05 Мб
4 O'zbekiston Respublikasi yer resurslari,geodeziya,kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14 mart 2017 yildagi 258-F-sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.25 Мб
5 «O’zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14 mart 2017 yildagi 258-F-sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.25 Мб
6 O'zbekiston Respublikasi yer resurslari,geodeziya,kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi huzuridagi «Geoinnovatsia markazi» davlat unitar korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 avgust 2018 yildagi 663 sonli qarori  Havola
7 O'zbekiston Respublikasi o’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 sentabr 2018 yildagi 791-F-sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.24 Мб
8 O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslari qo’mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2018 yildagi 4078 sonli qarori  Ko`chirib olish 0.90 Мб
9 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyihalash doshqarmasi Milliy agentligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 yanvar 2019 yildagi 27-F sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.26 Мб
10 O'zbekiston xalkaro islom akademiysi huzuridagi «Ziyo» media markazi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14 yanvar 2019 yildagi 25 sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.18 Мб
11 Qizilmiya va boshka dorivor o'simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etish Uyushmasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15 fevral 2019 yildagi 138 sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.21 Мб
12 O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5 aprel 2019 yildagi 245-F sonli farmoyishi  Ko`chirib olish 0.49 Мб
Tashkilot nomi Idoraviy vazifalar ro’yxati UUA turi Soni va ro'yxatga olish raqami         Xulosa&raqami
(Berilgan sana)
1 DUK «O’ZGASHKLITI» Ob’ektlarning geografik bog’langan fotosuratlarini keyingi qayta ishlov yo’li bilan olish va hududiy o’rganish, 3D formatda yer maydonlarning balandlik modelini yaratish "Geoscan 201 Pro"
    “Geoscan 401”
    “DJI PHANTOM 4 Pro”
16
00001,00002,00007,
00011,00015,00016,
00017,00018,
00027,00028,
00034,00035,
00036, 00037,
00038, 00039
№1
08.09.2017y.
2 DUK «Geoinformkadastr» Qishloq-xo’jalik maxsulotlarini monitoring qilish va xududlarni kartografiya qilish ishlarini bajarish “DJI PHANTOM 4 Pro”
“BАС PTERO-G1”
“А6 PLUS”
6
00003,00004,00005,
 00006,00012,00033
№ 2
23.09.2017y.
3 «O’zbekoziqovqatxolding» Xolding kompaniyasi Sabzavot, poliz ekinlari va dehqon xo’jaliklarining bog’larini monitoring qilish UAT “Ptero G1” 1
00010
№ 4
26.01.2018y.
4 O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh Boshqarmasi Madaniy meros ob'ektlarini ilmiy, ilmiy va texnik tadqiqotlar va hujjatlarini tayyorlashda qo'llash “PHANTOM 4 Pro” 2
00013, 00014
№ 5
31.05.2018y.
5 «O`zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi» Siyosiy, madaniy, va turli tadbirlarni foto va video tasvirga olish “DJI PHANTOM 4 Pro Plus” 9
00019, 00020, 00021, 00022, 00023, 00024, 00008, 00009, 00043  
№ 6
25.08.2018y.
6 O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi xuzuridagi «Geoinnovatsiya markazi» DUK Kartografik (aerofotosur’at), qishloq xo’jaligi ekin va maydonlarini purkash xizmatlari “PHANTOM 4 Pro A6 PLUS”, “SWIFT”,   HG-BOO 8
00025, 00026, 00029,
00030, 00031, 00032
00041, 00042, 00044
№ 7
12.11.2018y.
7 O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi "Ziye" media-markazi Aerofotovideosur’at “PHANTOM 4 Pro Plus” 1
00040
№ 8
15.10.2019y.

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11.03.2020 10:54:06

Chop etiladigan nusxasi