Давлат дастурини амалга ошириш
“O‘zaviatsiya” agentlining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh
RO‘YXATI
Ishchi guruh raxbari:
- O.Lim - Direktor o‘rinbosari
Ishchi guruh a’zolari:
- R.Nabiev - PXNQ boshqarma boshligʼi
- M.Aliev - AX boshqarma boshligʼi
- R.Nishanov - SPNB bo‘limi boshlig‘i
- U.Umarov - АHHBNQPABMRB bo‘limi boshlig‘i
- D.Lisenko - AX bo‘limi boshlig‘i
- I.Nigmatullaev - ASAAOJRB bo‘limi boshlig‘i
- N.Baymurzaeva - TAERB bo‘limi boshlig‘i
- Sh.Burxonov - Bosh yuriskonsult
- O.Po‘latov - Кorrupsiyaga qarsi kurashish bo’yicha bosh mutaxassis
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston-2030» strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha
NAZORAT REJASI
№ | Tadbirlar nomi | Amaliy chora-tadbirlar | Ijro muddati | Ma’sul ijrochilar |
1. |
1-Ilova 1-band. 2024 yil 1 martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi qarori bilan «Yoshlar balansi» asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlariga biriktirilsin. Bunda mazkur rahbarlar: |
1. “O‘zaviatsiya” agentlii direktoriga isteʼdodli va iqtidorli yoshlarni biriktirish maqsadida Toshkent davlat Transport universitetiga xat kiritish. 2. Toshkent davlat Transport universiteti rektoratining taklifiga asosan taklif etilgan isteʼdodli va iqtidorli talaba bilan uchrashuv o‘tkazish. |
2024 yil 25 mart |
O.Lim R.Nabiyev R.Gulyamov |
1-Ilova 1.2-band har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini taʼminlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashib borsin; |
1. Taklif etilgan yosh talaba bilan doimiy ravishda muloqotda bo‘lish maqsadida uchrashuvlar reja-grafikini tuzish. 2. Biriktirilgan talabaga amaliy yordam ko‘rsatish. |
2024 yil Har oyda |
O.Lim R.Nabiyev R.Gulyamov |
|
1-Ilova 1.3-band. o‘zlariga biriktirilgan yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun tegishli tashkilotning byudjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan zarur mablag‘larni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida yo‘naltirishga ruxsat etilsin. |
1. Biriktirilgan talabaning moddiy qo‘llab-quvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. 2. Biriktirilgan talabaning moddiy qo‘llab-quvatlash bo‘yicha ichki hujjat qabul qilish. 3. Biriktirilgan talabaning moddiy qo‘llab-quvatlash. |
2024 yil 1 aprel |
O.Lim Sh.Sharifbayeva Sh.Burxonov |
|
2. |
1-Ilova 27-band. Keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʼsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullansin. |
1. “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari o‘rtasida atrof muxitni saqlash bo‘yicha zarur tushuntirish ishlar o‘tkazish. 2. “O‘zaviatsiya” agentligida 2024 yil |
2024 -2030 yillar davomida |
T.Nazarov Boshlang‘ich kasaba uyushmasi, Jamoatchilik kengashi, xodimlar |
3. |
32.3-band Davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining mazkur band ijrosi bo‘yicha faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashib borsin. |
1. “O‘zaviatsiya” agentligi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati tashkilotlariga maʼlumot xatini tayyorlash va kiritish. 2. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati tashkilotlariga zarur hollarda so‘rov asosida amaliy yordam ko‘rsatish. |
2024 yil 25 mart |
O.Lim R.Nabiyev R.Gulyamov |
Саҳифанинг охирги янгиланиш санаси: 16.04.2024 16:22:17
Чоп этиладиган нусхаси