Zahiriddin Muhammad Bobur - buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri

Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi, boburiylar sulolasi va imperiyasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur O‘zbekiston tarixida Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi siyosat va harbiy arboblar bilan bir qatorda turadi. Hindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan temuriy shahzoda o‘z Vatanining sodiq farzandi bo‘lib, umrining oxirigacha uning farovonligi uchun kurashdi, ona shahri Andijon bilan diplomatik va do‘stona aloqalar o‘rnatishga intildi.

Bugun andijonliklar Zahiriddin Muhammad Bobur nomini faxr bilan tilga olib, uning xotirasini e’zozlamoqda. Uning sharafiga prezident qarori bilan Andijon aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.