YEXHT Kotibiyati tomonidan o‘tkazilgan seminar
2021 yil 18 mart kuni Yevropada xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining (YEXHT) Kotibiyati tomonidan “YEXHT xududida vaksina pasportlarini tadbiq qilish istiqbollari” mavzusida “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida onlayn seminar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda tegishli xalqaro tashkilotlar (ICAO, IATA va boshqalar), shuningdek, vaksina pasportlarini joriy etish jarayonida bo‘lgan chegara qo‘shinlari idoralari vakillari qatnashishdi. Tadbirda “O‘zaviatsiya” agentligidan Aviatsiya tibbiyoti bo‘limi boshlig‘i Nigmatova S.I. ishtirok etdi.
Seminarda xalqaro tashkilotlar va dunyoning ko‘plab davlatlari vakillari o‘z chegaralarini xavfsiz qayta ochish va milliy va global iqtisodiyotni rivojlantirish xamda turizmni rivojlantirish maqsadida COVID-19ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi sertifikatni xayotga tadbiq etish g‘oyasi muxokama qilindi.