Xalqaro seminar
“O‘zaviatsiya” agentligi mutaxassislari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Mojaroli hududlar ustidan yoki yaqinidan parvozlarni amalga oshirishda xavfni baholash” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etishmoqda.
Seminarning asosiy maqsadi aviatsiya sanoatining barcha sohalari o‘rtasida umumiy yondashuvni ishlab chiqish va fuqaro aviatsiyasi uchun xavf tug‘diruvchi omillarni oldini olishdan iborat.