“Wizz Air Abu Dhabi ” aviakompaniyasiga Abu Dabi – Toshkent – Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

   O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida 2022 yil 30 avgustda “O‘zaviasiya” agentligi tomonidan
“Wizz Air Abu Dhabi” aviakompaniyasiga 2022 yil 30 avgustdagi
16-K-sonli O‘zbekiston Respublikasiga Abu Dabi – Toshkent –Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi Ekspluatasion ruxsatnomasi berildi.


   “Wizz Air Abu Dhabi” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni Airbus 321 havo kemalarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.