O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi

“FAF 2024” tadbiri doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligi aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra O'zbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlar sonini har bir tomondan 50tagacha ko‘paytirishga kelishib olindi va erishilgan kelishuvlarni tasdiqlash maqsadida Memorandum imzolandi.

Memorandum O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilar hamda “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.