O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni

18-noyabr – xalqimiz uchun alohida sana, mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va azaliy an’analarini ifodalovchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun. Bu ramz avlodlarni birlashtirib, tinchlik, taraqqiyot va farovonlik istagini aks ettiradi.

O‘zbekiston bayrog‘i milliy ma’naviyat va iftixor ifodasi bo‘lib, har bir fuqaroni davlatchilikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga undaydi. Bu kun bizlarga umumiy qadriyatlarimiz, birdamligimizni, Vatanimiz kelajagi uchun mas’uliyatni eslatadi.