O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

Hurmatli hamkasblar!

Bugun — 21-oktyabr, yuragimizga yaqin, g‘urur va faxr tuyg‘ularini uyg‘otuvchi muhim sana — O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘zbek tili — xalqimizning bebaho boyligi, milliy g‘ururimiz, tariximiz va ma’naviyatimizning asosi sanaladi. Ushbu muqaddas til orqali biz ajdodlarimiz merosini asraymiz, kelajak avlodga ma’naviy boylikni yetkazamiz.

Til — millat ko‘zgusi. O‘z ona tilimizga ehtirom bilan qarash, uni sevish va rivojlantirish har birimizning sharafli burchimizdir.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Ona tilimiz — O‘zbek tilining sha’ni doimo baland, maqomi yuksak bo‘lsin!