“O'zaviatsiya” agentligi rahbariyatining Yangi yil tabrigi!
Qadrli hamkasblar!
O'z hayoti va taqdirini O'zbekiston Respublikasining aviatsiyasi bilan bog'lagan, bizning kasbimizga yaqin va befarq bo'lmagan barchani chin yurakdan tabriklaymiz, 2021 yil Yangi yil bilan!
Ushbu oilaviy bayram har doim ezgulik va umid ramzi bo'lgan va hozir barchamiz har qachongidan ham ko'proq ehtiyoj sezmoqdamiz. O'tayotgan yil O'zbekiston aviatsiyasi va umuman jahon aviatsiya hamjamiyati uchun qiyin bo'ldi. Jahon iqtisodiyotida sodir bo'layotgan voqealar uning aviatsiya kabi muhim tarkibiy qismiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi.
Yangi yil arafasida, o'tgan yilga nazar tashlash, uning natijalarini sarhisob qilish va belgilangan rejalarning bajarilishini baholash odat tusiga kirgan. "O'zaviatsia" agentligining yillik ish natijalarini sarhisob qilib shuni ta'kidlashni istardimki, Agentlik barqaror bo'lmagan epidemiologik vaziyatli mamlakatlardan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish maqsadida bir martalik charter reyslarini amalga oshirishga ruxsat berish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirgan.
Bundan tashqari, Agentlik ilgari O'zbekistonga reyslarni amalga oshirmagan etti nafar xorijiy aviakompaniyalarga O'zbekiston Respublikasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berdi, bu esa kelajakda mamlakatimizda turizm rivojiga ijobiy ta'sir qiladi.
Barcha aviakompaniyalar, aeroportlar, havo harakatini boshqarish organlari, fabrikalar va o'quv yurtlari xodimlarini kirib kelayotgan Yangi yil bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz!
Kirib kelayotgan Yangi yil har bir xonadonga muvaffaqiyat va farovonlik keltirsin, omad hamisha ishbilarmonlarga hamroh bo'lsin! Sog'lik, bayramona kayfiyat, yangi mehnat yutuqlari va rejalarimiz amalga oshisin va barcha orzularingiz ushalsin!
Yangi, 2021 yil, muborak bo'lsin!