“O‘zaviatsiya” agentligining Apellyatsiya kengashi tuzildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 iyundagi “Nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4754-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida apellyatsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risida buyrug‘i chiqarildi.
Apellatsiya kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko‘rish;
murojaatni ko‘rib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin bo‘lgan normalar aniqlangan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
murojaatni ko‘rib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Apellyatsiya kengashi haqida to‘liq ma’lumotlarni “O‘zaviatsiya" agentligi veb-saytida (https://www.uzcaa.uz/ru/menu/apelljatsionnyj-sovet) tanishingiz mumkin.