“O‘zaviatsiya” agentligida Tadbirkorlarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga oid seminar – treningi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 17-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash doirasida “O‘zaviatsiya” agentligida tadbirkorlarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga oid qaratilgan seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Seminar havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.
Seminar davomida tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, nazorat organining tekshiruvlar o‘tkazishdagi vakolatlari tushuntirib berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar 2022-yil 22-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 86-son qarori 57-ilovasiga muvofiq havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikatini olish talablari bilan tanishtirildi. Shuningdek, elektron litsenziyalash tizimi orqali ariza topshirishda yuzaga keladigan masalalar va undiriladigan to‘lov miqdori muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.