“O‘zaviatsiya” agentligida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori o‘rinbosari O. Lim raisligida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis O. Po‘latov va O‘zLiDeP Siyosiy taʼlim markazining rahbari N. Alimov ishtirokida poraxo‘rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatni suisteʼmol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdilar.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi tashkilotlari masʼul xodimlari aviatsiya yo‘nalishini korrupsiyasiz sohaga aylantirish yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.