“O‘zaviatsiya” agentligi hodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti
9-10 sentabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish maqsadida spartakiada o'tkazildi.
Spartakiada “Sog‘lom turmush tarzi” shiori ostida “Shafran” sog‘lomlashtirish majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Futbol, basketbol, stol tennisi, gimnastika, shaxmat, shashka va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Spartakiada so‘ngida g‘olib jamoalarga estalik sovg‘alar topshirildi.