“O‘zaviatsiya” agentligi delegatsiyasi IKAO seminarida ishtirok etmoqda
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 23-25 oktyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash davlat dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi IKAO seminarida ishtirok etmoqda.
Seminar doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosi hamda Turkiya Aviatsiya maʼmuriyati rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash davlat dasturini IKAO tavsiyalariga muvofiq takominlashtirish hamda Turkiya Aviatsiya maʼmuriyati bilan ushbu masalada hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlandi.