"O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK jamoasi bilan uchrashuv

29-30 oktyabr kunlari "O‘zaviatsiya" agentligi direktori T. Nazarov "O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida parvozlar xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xodimlar bilan uchrashuv doirasida jarayonlarni raqamlashtirish orqali parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish va yosh kadrlarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabul yakunida "O‘zaviatsiya" agentligi direktori parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan takliflar "O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK bilan yaqin xamkorlikda amalga oshirilishini ta’kidladi.