Oʼquv-amaliy seminar boʼlib oʼtdi
“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalarida transport vazirligining rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida 2-mart kuni videokonferentsiya aloqa tizimi orqali oʼquv-amaliy seminar mashgʼulotlari boʼlib oʼtdi.
Boʼlib oʼtgan seminar mashgʼulotlarida zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga joriy etish, nazorat qilish va ijroni tekshirish shakllarini takomillashtirish, talabchanlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan muayyan ishlar va davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʼyicha qatʼiy chora-tadbirlar murakkab sharoitlarda davlat qurilishining serqirra vazifalarini amalga oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirishni taʼminlash, respublikani barqaror hamda jadal rivojlantirish masalalari koʼrildi.