Urganch xalqaro aeroportida parvozlar xavfsizligi holati

22 noyabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori o‘rinbosari O. Lim Urganch xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazilib, parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aeroport faoliyati o‘rganildi.

Aeroport xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda parvozlar xavfsizligini oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, 2023 yil 11 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-158-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va ularni “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif yakunida ko‘tarilgan muammolarni hal qilish va parvozlar xavfsizligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu chora-tadbirlar sohaga oid strategik vazifalarni samarali bajarishga xizmat qiladi.