Toshkendagi IKAO xalqaro semenarining ikkinchi kuni
Toshkenda bo‘lib o‘tayotgan IKAO tashkiloti seminarining ikkinchi kunida ekspertlar tomonidan aerodromlarni ekspluatatsiya jarayonlarini nazorat qilish masalalari muhokamasi o‘tkazildi.
IKAO, DAK, Turkiya, Belorusiya, Kirgizton, Kazaxstan va O‘zbekiston ekspertlari tomonidan sohadagi aktual savollar ko‘rib chiqildi.
Xaqaro xavfsizlik standartlariga rioya qilish zarurati va havo kemalarga xizmat ko‘rsatishni samarali tashkillashtirish masalalari seminarning asosiy mavzularidan biriga aylandi.
Ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda fuqaro aviatsiyasining jadal rivojlanishi davrida nazorat jarayonlarini sifatini yaxshilash va aeroportlarni muayan faoliyat olib borish bo‘yicha tavsiyalar muhokama qilindi.