IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori “O‘zaviatsiya” agentligi hamda Transport vazirligi vakillari bilan IKAO standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish holati muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori «O‘zaviatsiya» agentligi hamda Transport vazirligi vakillari bilan IKAO standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish holati muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 «O‘zaviatsiya» agentligida o‘tkazilgan uchrashuvda N. Rallo 2023-yilda o‘tkazilgan IKAO auditi natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan batafsil tanishib chiqdi.