Aeronavigatsion xizmatlar uchun tariflar o‘zgardi

XABARNOMA

«O‘zaeronavigatsiya» Markazi Davlat Unitar Korxonasi quyidagilar to‘g‘risida xabar beradi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-sonli  «Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya  qilish va qo‘llab-quvvatlash  chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining 12-bandi  bilan «O‘zaeronavigatsiya» Markazi Davlat Unitar Korxonasiga chet el aviakompaniyalarga xizmatlarni ko‘rsatish (eksport) uchun narxlarni xorijiy valyutada  belgilashga ruxsat berilgan.

2021 yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida qo‘nish bilan parvozlarni amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari – aviakompaniyalari uchun Havodagi Harakatga Xizmat ko‘rsatish (HHX) xabarnomalarini va flayt-planlarni  ishlanishi uchun tariflar va  aerodrom rayonidagi aeronavigatsion xizmatlari uchun tariflar, erkin - konvertatsiya qilinadigan valyutada nashr etiladi va quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • Aerodrom rayonida yo‘nalish (yaqinlashuvi) bo‘yicha aeronavigatsion xizmatlari 50 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan);
  • Havo kemasini  uchish  / qo‘nishini  ta’minlash vaqtida aeronavigatsion xizmatlari - havo kemasining maksimal ko‘tarilish vaznining har bir tonnasi uchun 5 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan);
  • Flayt-planlarni  ishlanishi - 16 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan)
  • Havodagi Harakatga Xizmat ko‘rsatish (HHX) xabarnomalarini ishlanishi  - 16 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan)