Samoga qadam
“Uzbekistan airways” AJning “O‘quv-mashg‘ulot markazi” navbatdagi o‘quv mavsumini yakunlab, iqtidorli va intiluvchan yosh uchuvchilarning yangi avlodini chiqardi.
Tayyorgarlik dasturiga ko‘ra, bo‘lajak uchuvchilar nazariy tayyorgarlikdan o‘tdilar, trenajyorlarda mashq qildilar va tajribali instruktorlar rahbarligida birinchi mustaqil parvozlarni amalga oshirdilar.
“O‘zaviatsiya” agentligida yosh uchuvchilarga fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi, ularning ko'plari uchun bu aviatsiyadagi katta yo‘lning boshlanishi, xolos.