Qonunchilik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining 41-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-94-son Farmoniga muvofiq hamda Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti standartlarini tatbiq etish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan “Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002) ishlab chiqildi.

Mazkur Qoidalar fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibini belgilaydi.