Huquqiy targ‘ibot
2022-yil 1-fevral kuni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarda yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga doir tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi hamda uning ishchi guruhi tarkiblari. Strategiya besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri aniq maqsadlardan iborat.
Yuqorida qayd etilgan Farmonni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, uni amalga oshirish bo‘yicha Agentlikning Yo‘l xaritasi shakllantirildi.