Huquqiy targ‘ibot
2021 yil 17 may kuni “O‘zaviatsiya” agentligida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va agentlik faoliyatiga oid qonun hujjatlarini huquqiy targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi O‘RQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, 2021 yil 27 apreldagi O‘RQ-687-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 29 apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuniga muvofiq unga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan targ‘ibot materiallari (annotatsiya, slaydlar, infografika, videorolik) to‘plamlari namoyish etildi.