Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fukaro aviatsiyasi agentligi rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot oʼtkazdi
2021 yil 10 mart kuni "O‘zaviatsiya" agentligida rahbarning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Agentlik rahbari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 yanvardagi 23-sonli "O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori yuzasidan maʼruza qildi. Shuningdek, yoshlarga 2017 yil 3 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Muloqotda ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar 2021 yil Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligi yili munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish, agentlikda namunali faoliyat yuritayotgan yoshlarni davlat mukofotlariga tavsiya qilish, agentlik yoshlari o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Yoshlarga soha yuzasidan, dunyoda bo‘layotgan yangiliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tildi. Muloqot jarayoni mazmunli tarzda o‘tdi.