“Oʻzaviatsiya” agentligi Davlataro aviatsiya qo'mitasi (DAQ) bilan hamkorlik rishtalari
2021-yilning 2-noyabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligida Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Xalqaro HHT dasturlari va havo hududidan foydalanish komissiyasi raisi Kleschev K.A. bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “O‘zaeronavigasiya” markazi va boshqa bo‘limlar vakillari ham ishtirok etdi.
Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi (DAQ) fuqaro aviatsiyasi va havo hududidan foydalanish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish uchun MDH havo hududidan foydalanish boʻyicha Davlatlararo kengashning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Ishchi uchrashuvlarda Milliy HHT tizimini rivojlantirishda DAQ va O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sanoati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari, uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari bo‘yicha dolzarb masalalar, ularni joriy etishni qonunchilik va me’yoriy jihatdan ta’minlash bo’yicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni qonunchilik va meʼyoriy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sohasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.