Navoiy xalqaro aeroportida parvozlar xavfsizligi holati
2024-yil 10-11 oktabr kunlari «O‘zaviatsiya» agentligi direktor o‘rinbosari O. Lim Navoiy xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi va parvozlar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Navoiy xalqaro aeroporti xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida parvozlar xavfsizligini oshirish masalalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi bo‘yicha fuqaro aviatsiyasidagi vazifalar, havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun xodimlar malakasini oshirish va Jet A-1 SSF yoqilg‘isini chet el aviatashuvchilari tomonidan qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.