MOMIHT bilan hamkorlik aloqalari
“O‘zaviasiya” agentligida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda agentlikning tegishli bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yangi ekspluatant sertifikatini olish haqida, aviakompaniyalar sonini kupaytirish hamda havo transportida yuk tashishda qo‘shimcha masalalar muhokama qilindi.
Uzoq davom etgan ikki tomonlama muloqotdan so‘ng tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan ma'lumot oldilar.
Uchrashuv yuqori saviyada va do‘stona ruhda o‘tdi.