Misr Arab Respublikasining "Fly Egypt" aviakompaniyasi O'zbekiston Respublikasiga doimiy reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati o'rtasida tuzulgan havo qatnovi to'g'risidagi Bitim asosida Transport Vazirligi huzuridagi “Uzaviatsiya” Agentligi tomonidan “Fly Egypt” aviakompaniyasiga O’zbekiston Respublikasiga muntazam ravishda aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2021 yil 3-fevralda 7-K-sonli ruxsatnomasi berildi. Ruxsatnoma Qohira – Toshkent – Qohira va Sharm el Shayx – Toshkent – Sharm el Shayx yo'nalishlaridagi parvozlar uchun berildi.
Aviakompaniya reyslarni B737-700/800 havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.