Lazer nurlarining parvozlar xavfsizligiga salbiy ta'siri
Havo kemalarining uchishi va qo‘nishi vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yo’naltirish holatlari ko‘payib borayotganligi munosabati bilan fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1161-moddasida javobgarlik nazarda tutilganligini eslatib o‘tamiz.
Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilab berilgan.
Yoʻlovchilar va havo kemasi ekipaji aʼzolarining hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazishi va xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini ta’minlash talablariga rioya etishlarini soʻraymiz.