Korrupsiyaga qarshi kurishish-barchamizning burchimiz
Joriy yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida “Korrupsiyaga qarshi
kurаshish-barchamizning burchimiz” mavzusida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov raisligida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis
O. Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh inspektori A. Yunusov ishtirokida korrupsiyaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari va mexanizmlari to‘g‘risida prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdilar.
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.