Koreya Respublikasining “T’way Air” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi
“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga Seul-Toshkent- Seul yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2025-yil 3-fevralida “T’way Air” aviakompaniyasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.
Parvozlar A330 havo kemasida amalga oshiriladi.