Fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tayyorlash sohasida Koreya aerokosmik universiteti bilan hamkorlik istiqbollari

Bugun, 7-noyabr kuni "O'zaviatsiya" agentligi direktori Nazarov Tohir Alimjanovichning Koreya aerokosmik universiteti vakillari bilan universitet rektori boshchiligidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv doirasida aviatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash rejalari, Koreya va O'zbekiston o'rtasidagi KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) yo'nalishidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyati hamda Koreya aerokosmik universiteti va "O'zaviatsiya"agentligi o'rtasida mutaxassislarni tayyorlash dasturlari muhokama qilindi.