IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktorining rasmiy tashrifi doirasida aviakompaniyalari rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktorining rasmiy tashrifi doirasida “Uzbekistan Airways”, “Centrum Air”, “Qanot Sharq” va “Air Samarkand” aviakompaniyalari rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda aviakompaniyalar bilan istiqbolli rejalar, erishilgan yutuqlar hamda muammoli masalalar muhokama qilindi. “Centrum Air”, “Qanot Sharq” va “Air Samarkand” aviakompaniyalari yaqin kelajakda IOSA (IATA Operational Safety Audit) sertifikatini olishni rejalashtirgani haqida ma’lumot berishdi.