Xayriya xashari!
Bugun, 2021 yil 21 avgust kuni “Oʼzaviatsiya” agentligida hukumat farmoyishiga (455–F, 12.08.2021 y.) asosan sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, yurtimiz boʼylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida obodonlashtirish xayriya hashari oʼtkazildi.
Tadbirda “Oʼzaviatsiya” agentligining rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Аgentlikning ichki va atrof yoʼlaklari obodonlashtirildi. Daraxtlarni oqlash va kesish ishlari tashkillashtirildi. Аgentlikka tutashgan maxalla koʼchalarini obodonlashtirish va koʼkalamlashtirish ishlariga maxalla aholisiga koʼmaklashildi.
Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Mirobod filiali hisob raqamiga hamda “Uzaviatsiya” agentligiga biriktirilgan Katta oltin tepa maxalasi fuqarolari yigʼining yordamga muxtoj oilalariga jamoaning bir ovozli qarori bilan pul mablagʼlari bilan taʼminlandi.