Fransiya fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv.
Bugun, 10 oktyabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Fransiya fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga qilgan davlat tashrifi davomida kelishilgan kelishuvlar doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi va Fransiya fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasi o‘rtasida Kelishuvni amalga oshirish Dasturi imzolandi.
Shuningdek, ikki mamlakat aviatsiya maʼmuriyatlari o‘rtasida parvozlar xavfsizligini nazorat qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.